"Qo'qon-1912" yangi yildagi ilk yig'inini boshladi

Sherzod Nurmatov
4 yanv 2022, 20:56
Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi "Qo'qon-1912" jamoasi futbolchilari bugun Qo'qon shahrida o'zlarining yangi yildagi dastlabki o'quv-yig'in mashg'ulotlarini boshlashdi.

"Qo'qondagi "Markaziy" stadionida bo'lib o'tgan bugungi mashg'ulotlarda jami 20 nafar futbolchilar ishtirok etishdi. 

Darvozabonlarimiz ilk kundan to'liq tarkibda shug'ullanishdi. Xurshid Xo'jaev, Muzaffar Abdullaev va Islom Abdullaev yangi yilning dastlabki kunlaridanoq yaxshi sport formasida ekanliklari ko'rinib turdi. 

Murabbiylar shtabi o'tgan yilgi tarkibning asosiy qismini saqlab qolish hamda ayrim chiziqlarga yangi futbolchilarni jalb qilishni maqsad qilishgan. Bugungi mashg'ulotlarda jamoa tarkibiga yangi qo'shilgan Bilolxon Toshmirzaev ham ishtirok etdi. Shuningdek yoshlar tarkibidan ham bir nechta iqtidorli futbolchilar asosiy jamoa mashg'ulotlariga jalb qilingan. Uzrli sabablarga ko'ra bugungi mashg'ulotlarga yetib kela olmagan Mo'min Meliev, Oybek Rustamov ertaga bo'ladigan mashg'ulotlarga qo'shilishadi.

Tarkibga yangi futbolchilar kelib qo'shilishi kutilmoqda. Murabbiylar shtabi bir nechta yangi nomlarni jamoa ko'rigiga taklif qilishgan. Biz ularni yig'in davomida sizlarga tanishtirib boramiz. Jamoa yetakchilari Murod Xolmuhammedov va Aleksandr Merzlyakov mashg'ulotlarga biroz keyinroq kelish uchun murabbiylar shtabidan ruxsat olishgan. Ertadan mashg'ulotlar ikki mahaldan bo'lib o'tadi. Dastlabki yig'inda asosan, futbolchilarning jismoniy holatlarini yaxshilashga qaratilgan mashg'ulotlarga ko'proq urg'u beriladi", – deyiladi "Qo'qon-1912" matbuot xizmati bergan xabarda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Қўқон-1912" матбуот хизмати