"Qo'qon-1912": Jamoamiz murabbiylar shtabidan o'zgarish bo'ldi

Alisher
20 iyul 2022, 11:44
Superliganing 2-davrasiga Do'rmonda tayyorgarlik ko'rayotgan "Qo'qon-1912" jamoasining murabbiylar shtabida o'zgarish ro'y berdi.

Shu kunga qadar O'zbekiston U16 terma jamoasida ishlab kelayotgan tajribali murabbiy Shavkat Abduxo'jaev, bundan buyon qo'qonliklar bosh murabbiyi Davron Fayzievga yordam beradigan bo'ldi. 

"Qo'qon-1912" jamoasi katta murabbiyi etib tayinlangan Shavkat Abduxo'jaev shu kunga qadar "Obod", "Dinamo", "So'g'diyona" hamda "Surxon" jamoalaridagi faoliyati orqali muxlislarga yaxshi tanish bo'lib ulgungan. 

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: "Қўқон-1912" матбуот хизмати