"Qo'qon-1912": jamoa muxlislari diqqatiga!

Aslanov Jasurbek
20 yanv 2016, 11:47
Ma'lumki, o'tgan yili jamoamiz qoshida “Muxlislar klubi” tashkil etilgan edi.

Bir yillik faoliyati davomida Qahramonjon Isroilov va Ilhomjon Qunduzovlar boshchilik qilgan “Qo'qon-1912 muxlislar klubi” maqtashga arzigulik ishlari amalga oshirdi. Xususan, muxlislar klubi vakillari jamoamizni xoh safarda bo'lsin, xoh o'z maydonimizdagi o'yinlarda bo'lsin tinmiz qullab-quvvatlab turishdi. Aytish joizki, jamoamizning g'alabalarida ularning ham hissalari beqiyosdir.

Muxlislar klubining hatto Buxorodagi o'yingacha borgani tahsinga sazovor. Bu borada qo'qonlik muxlislar mamlakatimizda yetakchilardan biri bo'lishdi.

Bu yil ham “Muxlislar klubi” o'z oldiga ulkan maqsadlarni qo'ygan holda yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi.

“Qo'qon-1912” jamoasi muxlislar klubiga a'zo bo'lishni istagan futbol ixlosmandlari diqqatiga.

“Muxlislar klubi”ga a'zo bo'lish uchun hujjatlar qabul qilina boshladi.

Buning uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etish kerak bo'ladi:

Yashash joyidan ma'lumotnoma

Pasport nusxasi

3/4  hajmdani to'rt dona fotosurat

Batafsil ma'lumot uchun telefon : +998905087799 +998916911912

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: kokand1912.uz