Qobulning qizil kartochkasi bekor qilindi
Tolibjon Qosimov
12 mar 2014, 12:01
BBCning xabar berishicha, Angliya futbol assotsiatsiyasining Apellyaciya komissiyasi "Tottenxem"ning etirozini qabul qildi va "shporlar" himoyachisi Yunus Qobulning qizil kartochkasini bekor qildi.
Eslatib o'tamiz, Yunus APL 29 turida "Chelsi"ga qarshi baxsda o'z jarima maydonchasida Samuel Eto`Oni turtib yuborgani uchun maydondan chetlatilgan edi.