Shu bois bosh murabbiy Rustam Zabirov jamoani autsayderlar qatoridan olib chiqib ketish uchun, tarkibda birda qator o'zgarishlar qilishiga to'g'ri kelmoqda. Bugungi kunda yig'inni Qiziltog' shahrida olib borayotgan oltin izlovchilar tarkibida keldi ketdilar davom etmoqda.
Klub matbuot xizmatining saytimizga ma'lum qilishicha, birinchi davrada “Qizilqum” sharafini himoya qilgan, Ilya Ilin, Alisher Samatov, Muqimjon Toshmatov, Azamat Abdullaev, Farrux Shotursunov, Avaz Agaliev, Feruz Boboqulov hamda Olim Navkarov kabi o'yinchilar bugungi kunda jamoa bilan birga emas. Bu futbolchilarga ayni paytda oliy liganing bir qator klublaridan qiziqishlar bo'lmoqda.
“Qizilqum” mashg'ulotlarida ishtirok etayotgan yangi futbolchilar ham yo'q emas. Bular birinchi davrani asosan “Lokomotiv” zaxira o'rindig'ida o'tkazgan himoyachi Rustam A'zamov va “Nasaf” yarim himoyachisi Eldor Boymatovdir. Zabirov yana bir qator futbolchilarni ko'z ostiga olib qo'ygan va ular bilan ayni paytda muzokara o'tkazilmoqda. O'zga davlatlardan tashrif buyurishi aytilayotgan xorijlik futbolchilarning yaqin orada “Qizilqum” lageriga kelishi kutilmoqda.
Murabbiylar shtabi sinov-nazorat o'yinalarini ham o'tkazish orqali futbolchilarning imkoniyatlarini bilib olishga katta e'tibor qaratmoqda. Hozircha, 20 iyul kuni “Bunyodkor” yoshlar jamoasi va 23 iyulda “Navbahor” bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilishiga kelishib qo'yilgan.
Yana shuni ham qo'shimcha qilish o'rinliki, yaqinda jamoa bosh xomiysi, klub prezidenti murabbiylar bilan uchrashgan. Unda ikkinchi davrada moddiy tomondan hech qanday kamchilik bo'lmasligi aytilgan.
Islombek Rustambekov