“Qizilqum” – “Bunyodkor” uchrashuvi videosharhi

Narzulla Saydullayev
4 avg 2014, 17:11
Oliy liga 14-turi doirasida Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi Navoiyda “Qizilqum” bilan kuch sinashdi.
Qiziqarli kechgan bahs g'olibi so'nggi daqiqalarda aniqlandi. 87-daqiqada Zabixillo O'rinboev va Akmal Shorahmedov kombinaciyasidan so'ng Dostonbek Hamdamov hisobni ochdi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda Sardor Rashidov uzatgan pasdan so'ng Javlon Ibrohimov “Qizilqum” darvozasiga ikkinchi to'pni kiritdi. Shu tariqa, “Bunyodkor” Navoiy safaridan uch ochko bilan qaytdi.

Quyida “Qizilqum” – “Bunyodkor” uchrashuvining eng esda qolarli vaziyatlarini qamrab olgan videosharh bilan tanishishingiz mumkin.

(TAS-IX emas)

(TAS-IX)


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com