“Qizilqum” bugundan Toshkentda yig'in boshlaydi

29 yanv 2018, 10:11
Yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko'rayotan futbolchilarimiz bugun, 29 yanvardan o'quv-yig'in mashg'ulotlarini poytaxtimiz Toshkentda davom ettirishadi.

Tayyorgarlikning birinchi bosqichini Navoiyda o'tkazgan futbolchilarimiz qisqa tatildan keyin bugun poytaxtda to'planishadi.

Toshkentdagi yig'in davomida jamoamiz asosiy e'tiborni nazorat uchrashuvlariga qaratadi. Ikki haftalik yig'ini mobaynida futbolchilarimiz sakkizta nazorat uchrashuvida maydonga tushishlari rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Қизилқум" матбуот хизмати.