JCH-2022. Ochilish uchrashuvida Valensiyaning dubli Ekvadorga muhim g'alabani taqdim etdi

Alisher
20 noya 2022, 23:00
Qatarda hisob bo'yicha 22-Jahon chempionatining ilk uchrashuvi yakunlandi

JCH-2022. 1-tur.

Qatar – Ekvador 0:2 

21:00, Al Bayt stadioni

Gol: 16 - Enner Valensiya, 31 - Enner Valensiya (Anxelo Presiado)

Katar – Al-Sheb, Ro-Ro, Xuxi, Xassan, Al-Ravi, Axmed, Xatem, Budiaf, Al-Xaydos, Ali, Afif.

Ekvador – Galindes, Presiado, Torres, Inkapie, Estupinyan, Plata, Ibarra, Mendes, Kaysedo, Valensiya, Estrada.


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi. Qatarda boshlangan Jahon chempionatining ochilish uchrashuvida mezbonlar Ekvadorga hech qanday qarshilik ko'rsata olishmadi. Enner Valensiyaning birinchi bo'limda kiritgan gollari Lotin Amerika mamlakatiga g'alabani taqdim etdi.

Hakam ikkinchi bo'limga ham besh daqiqa qo'shib berdi

86. Moxammed Muntari hisobni o'zgartirishga sal qoldi. Biroq qatarlikning zarbasiga ozgina aniqlik yetishmadi

77. O'zgarish: Valensiyaning o'rniga Sifuentes maydonga tushdi

72. O'zgarish: Moxammed Vaad va Moxammed Muntari maydonga tushdi. Ular Almoez Ali va Xassan Al-Xaydos maydoni tark etdi.

68. O'zgarish: Sarmento Ibarrani alishtirmoqda

62. Pedroning boshi bilan yo'llagan zarbasiga aniqlik yetishmadi

57. Ogohlantirish: Jegson Mendes qo'pol harakat qildi va ogohlantirildi

55. Romario Ibarra zarba yo'lladi, Saad Al-Shibdan seyv

54. Ikkinchi bo'lim biroz passiv o'tmoqda

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

45+5. Birinchi bo'limning so'ngida Qatar taymdagi eng xavfli vaziyatiga ega bo'ldi. Biroq Almoz Alining boshi bilan bergan zarbasiga aniqlik yetishmadi

Hakam birinchi bo'limga besh daqiqa qo'shib berdi

44. Qatarliklar Enner Valensiyani chopishmoqda. Ularning maqsadi mehmonlar sardorini tezroq maydoni tark ettirish

37. Ogohlantirish: Karim Budiaf ogohlantirildi. Yana Valensiyaga nisbatdan juda qo'pol o'ynashmoqda

31. GOOOOOOOOOOL. Enner Valensiya dubl qayt etdmoqda. Ekvador nimalar qilmoqda? bu savolni Qatarga ham bersa bo'ladi. Anxelo Presiadodan assist  

22. Ogohlantirish: Almoez Ali hakam tomonidan ogohlantirildi

20. Ekvador hujum qilishdan to'xtamayapti. Bu safar ofsayd

16. GOOOOOOL. Enner Valensiya hisobni baribir ochdi. Bu golni esa hech kim tortib ola olmaydi

15. PENALTI. Enner Valensiya jarima maydonchasining ichida yiqitildi va mezbonlar darvozaboniga sariq kartochka ko'rsatildi

11. Uchrashuvda mezbonlar ustunlikka erishmoqda 

Misha gol atmen. Hakamlar ofsayd topishdi.  


Jarimadan uzatilgan to'pga mezbonlar darvozaboni chiqishda xatoga yo'l qo'ydi. Feliks Torresdan super uzatma va Ekvador sardori boshi bilan hisobni ochdi. Shunaqa bo'lishini kutganmidingiz?

3. GOOOOOOOOOOOL. Valensiya hisobni ochdi

2. Moyses Kaysedo maydon markazida yiqitildi. Ekvador jarima zarbasiga ega bo'ldi 

UCHRASHUV BOSHLANDI!

Ochilish marosimidan olingan fototsuratlarni tomosha qiling

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif