Pyanich jarohatdan qutuldi

17 okt 2017, 23:39
“Yuventus” yarim himoyachi Miralem Pyanich ertaga YCHL doirasida jamoasining “Sporting”ga qarshi kechadigan bahsda maydonga tushishga tayyor.

27 yoshli bosniyalik futbolchi ertangi uchrashuvda ishtirok etadigan futbolchilar ro'yxatidan joy oldi. Bu haqda Turin klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Pyanich Italiya A seriyasining 8-turini aynan jarohati bois o'tkazib yuborgandi. U CHL 2-turida “Olimpiakos”ga qarshi bahsdan oldingi chigalyozdi mashg'ulotlar paytida jarohat olgandi.


O'xshash yangiliklar


Manba: Официальный сайт ФК "Ювентус"