Puyol: Barselona futbolchilari Martino uchun jonini berishga tayyor

Aziz Tukhtamuradov
15 apr 2014, 09:03
"Barselona" himoyachisi Karlos Puyol muvaffaqiyatsizliklarga qaramasdan jamoa bosh murabbiyi Xerardo Martinoni qo'llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Biz buni nazorat qila olmaymiz. 25 ta o'yinchini tanqid qilgandan ko'ra, aybni bitta murabbiyga ag'darib qo'ygan osonroq. Ish yomon ketayotgan bo'lsa, demak, u barchaning xatosi.

Martino yaxshi murabbiy. Uning jamoa bilan yana bir yillik shartnomasi bor. Biz u uchun jonimizni berishga tayyormiz, o'z o'rnida u xam biz uchun, - deb aytib o'tdi Puyol.

Avvalroq, mavsum yakunlanganidan so'ng jamoani Yurgen Klopp boshqarishi mumkinligi xaqida gap-so'zlar tarqalgan edi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru