PSJga "Chelsi" futbolchisi kerak

Mirjalol Normatov
26 apr 2020
PSJ "Chelsi" yarim himoyachisi Tiemue Bakayokoning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

"Le 10 Sport" xabariga ko'ra, "Monako" tarkibida ijarada o'ynayotgan futbolchiga PSJdan tushgan taklif yoqqan va uning o'zi ham transferni istamoqda.

Qayd etish kerak, "Monako" ham mavsum yakunlanganidan keyin futbolchining transfer huquqini "Chelsi"dan sotib olishi kutilmoqda.

Ushbu mavsumda Bakayoko monegasklar tarkibida 23 o'yinda 1 gol va 2 assistentlik qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Le 10 Sport