PSJ va "Everton" "Roma" xavbeki uchun raqobat qilmoqda

Alisher
18 iyul 2020
"Everton" PSJ qiziqayotgan "Roma" xavbeki Lorenco Pellegrini uchun kurashga qo'shildi.

Xabarlarga ko'ra, ikkala klub ham 24 yoshli italiyalik futbolchi uchun 30 million evro to'lashga tayyor.

Pellegrini joriy mavsum A Seriya doirasidagi 24ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 11ta assist qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, Pellegrini "Roma" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2015-2017 yillar davomida "Sassuolo"da o'ynagan futbolchi 2017 yilda Rimga qaytgan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira