PSJ Simeone va Grizmanni jamoaga olib kelmoqchi

Alisher
29 noya 2019, 17:56
PSJ "Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone va "Barselona" hujumchisi Antuan Grizmanni jamoaga olib kelmoqchi.

Parijliklar rahbariyati jamoaning o'tgan yili "Manchester Yunayted"dan engilgan holda evrokubokni tark etganidan va PSJning ichki musobaqadagi ishtirokidan norozi.

Agar Tomas Tuxel Chempionlar ligasining finaliga chiqa olmasa, uning o'rnini Diego Simeone egallashi mumkin.

Fransiya chempioni Diego Simeone bilan birga ishlagan Antuan Grizmanni ham jamoaga jalb qilmoqchi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS