PSJ Ramosning noyabrda debyut qilishiga umid qilmoqda

Alisher
22 okt 2021
PSJ himoyachisi Serxio Ramos mushak jarohatidan tiklanishda davom etmoqda.

Klub 35 yoshli ispaniyalik futbolchining jamoa tarkibida noyabrda debyut qilishiga umid qilmoqda.

Futbolchi ayni damda individual dasturda shug'ullanmoqda.

Ramos PSJga 2021 yilning yozida erkin agent maqomida o'tgandi. O'yinchi oldinroq "Real"da harakat qilgan. Himoyachi Parij klubiga o'tganidan so'ng biror marta rasmiy o'yinda maydonga tushmadi.


AlisherMuallif
Manba: Le Parisien