PSJ Mbappening ketishidan eng kamida 150 mln evro ishlab olmoqchi

Mirjalol Normatov
23 iyul 2023, 16:50
PSJ ushbu yozda Kilian Mbappeni sotib yuborishi uchun so'rayotgan mablag' aniq bo'ldi.

"L’Équipe" xabariga ko'ra, Parij klubi Kilianning ketishidan eng kamida 150 mln evro ishlab olishni istamoqda. Klub 2017 yili Mbappeni 180 mln evro evaziga sotib olgandi.

Ayni damda PSJning poziciyasi aniq: Mbappe yoki shartnoma imzolaydi, yoki jamoadan ketadi. Ultimatum sababli futbolchi Yaponiyadagi turnega ham chaqirilmadi.

Oldinroq ma'lum qilinganidek, Mbappe 1 avgustga qadar sotib yuborilishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L’Équipe