PSJ Kavanini sotmoqchi, unga hozirning o'zida 5ta grand xaridor

Aslanov Jasurbek
17 mar 2019, 02:12
PSJ hujumchisi Edinson Kavani yozda jamoani tark etishi mumkin. Urugvaylik hujumchiga Yevropaning yetakchi klublari qiziqish bildirmoqda.

Rai Sport’ning xabar berishicha, Italiyaning “Napoli”, “Yuventus”, “Inter” klublari, shuningdek, Madridning “Real” va Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoalari hujumchi bilan muzokaralar o'tkazishni rejalashtirgan.

32 yoshli futbolchining parijliklar bilan shartnomasi 2020-yilga qadar mo'ljallangan bo'lib, Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra u 50 mln. evro baholangan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Rai Sport