PSJ de Yong uchun 80 mln evro to'lashga tayyor

22 noya 2018, 08:30
“Ayaks” yetakchisi jamoani baribir tark etadi.

“Ayaks”ning 21 yoshli yarim himoyachisi Frenki de Yong uchun PSJ jamoasi 80 mln evro to'lashga tayyor. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2022 yilda yakuniga etadi. PSJdan tashqari futbolchiga “Barselona” ham og'iz solib qo'ygan.

Joriy mavsum de Yong barcha musobaqalarda 19 ta o'yinda qatnashib, 2 ta gol urishga erishgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: L'Equipe