

Klub matbuot xizmati bu haqida rasmiy xabar e'lon qildi:
Avval xabar berilganidek, hozirgi kunda klubimiz moliyaviy qiyinchiliklar girdobida bo'lib turibdi. Mazkur vaziyatda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi va Professional futbol ligasi "Turon" jamoamizning kelgusidagi faoliyatini saqlab qolish maqsadida amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirdilar. Shundan kelib chiqib hozirgi kunda klubimiz Farg'ona viloyati hokimligi va viloyat futbol assotsiatsiyasi qaramog'iga o'tkazildi va moliyaviy jihatdan qo'llab-quvvatlanishi belgilab olindi.
Yuzaga kelgan mavjud moliyaviy vaziyatdan kelib chiqib Turon klubimiz 2024 yilgi mavsumni Birinchi ligada o'tkazadi. Jamoamiz muxlislari bizni yolg'izlatib qo'ymasliklariga, muntazam qo'llab-quvvatlab borishlariga ishongan xolda kelgusi yillarda klubni avvalgi mavqeyiga qaytarish uchun barcha zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini ma'lum qilamiz",- deyiladi klub e'lon qilgan xabarda.



