PREVYU. "Uz-Dong Ju" - "Lokomotiv"

Narzulla Saydullayev
25 mar 2016, 13:35
Bugun "Uz-Dong Ju"ga qarshi bahs bilan "Lokomotiv" O'zbekiston Kubogi uchun navbatdagi yurishini boshlaydi.

2014 yilgi Kubok g'olibi "temiryo'lchilar" o'tgan mavsum yarim finalda o'z ishtiroklarini to'xtatishgandi. Bu yil esa jamoaning rejalari ulkan: "Lokomotiv" oldiga O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritish vazifasi qo'yilgan.

"Lokomotiv" futbol klubi delegaciyasi kecha tunda Farg'ona orqali Andijonga yetib keldi va shahardagi eng ko'rkam mehmonxonalardan biri "Vella Elegant"ga joylashdi. Bugungi o'yin 16:00da start oladi. O'zbekiston terma jamoasiga chaqirilgan futbolchilardan tashqari qolgan hamma shu yerda. Bugungi raqibimiz "O'z-Dong Ju" avvalgi bosqichda "Sho'rtan"ga qarshi bahs olib borib 1:0 hisobida zafar quchgan.

Bugun va ertaga Kubokning 1/8 final dastlabki uchrashuvidan iborat quyidagi o'yinlar bo'lib o'tadi:

25 mart
Navbahor - Qo'qon-1912
Qizilqum - Andijon
Metallurg - Olmaliq
Mashal - So'g'diyona
O'z-Dong Ju - Lokomotiv
 
26 mart
Neftchi - Nasaf
Bunyodkor - Obod
Paxtakor - Buxoro bahsi esa hozircha noma'lum muddatga qoldirilgan.


"Lokomotiv" Kubok o'yinlarini qanday boshlagan? (Oxirgi besh yilga murojaat)

Aytib o'tganimizdek, bugun "O'z-Dong Ju"ga qarshi bahs bilan "Lokomotiv" O'zbekiston Kubogi uchun navbatdagi yurishini boshlaydi. 1/8 finaldan o'rin olgan mazkur bellashuvga jamoamiz tayyor. Barcha "Andijon" shahriga faqat g'alabani ko'zlab tashrif buyurgan.

Shu o'rinda statistikaga e'tibor qaratadigan bo'lsak, "Lokomotiv"ning oxirgi besh yilda Kubok bahslarini kimga qarshi va qanday hisob bilan boshlagani ko'pchilikka qiziq bo'lishi shubhasiz. Esingizda bo'lsa, o'tgan yil "temiryo'lchilar" Kubokni "Navbahor"ga qarshi bahs bilan boshlagan va 2:0 hisobida g'alaba qozonishgandi. O'sha o'yinda Marat Bikmaevning ikki goli "Loko"ga qalaba keltirgandi.

2014 yil "Lokomotiv" Kubokdagi birinchi uchrashuvini safarda "Dinamo"ga qarshi o'tkazib 4:3 hisobida zafar quchgan. 2013 yil "Andijon" mehmoni bo'lgan jamoamiz 1:0 hisobida g'alabaga erishgan. 2012 yil safarda "Mashal-2" ham 1:0 hisobi bilan mag'lub etilgan bo'lsa, 2011 yilgi mavsumda jamoamiz 1:2 hisobida "Mashal"ning asosiy tarkibiga yutqazib qo'ygan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz