Prevyu. "Navbahor" - "Neftchi"

Narzulla Saydullayev
29 mar 2014, 09:20
Mavsumning ilk vodiy derbisida "Navbahor" hamda "Neftchi" Kosonsoyda to'qnash kelishadi.
NAVBAHOR – NEFTCHI
29 mart. Kosonsoy. “Kosonsoy” stadioni. 16:00
Hakamlar
: R.Ermatov, A.Rasulov, J.Saidov, A.Ergashev
Nazoratchi: I.Sharipov.

“Navbahor” va “Neftchi” oliy ligada 44 bor kuch sinashishgan. Ustunlik “Neftchi” tomonida. 22ta o'yinda farg'onaliklar raqibni mag'lub etishgan, 11 uchrashuvda durang natija qayd etilgan. Yana 11ta o'yinda “Navbahor” zafar quchgan. “Neftchi” o'zaro o'yinlarda 70 bor raqib darvozasiga yo'l topa olgan. “Lochinlar” esa 46 bor gol kiritishgan. “Neftchi” o'zaro o'yinlarda 77 ochkoni qo'lga kiritgan bo'lsa, “Navbahor” hisobida 44 ochko mavjud. “Navbahor”ning “Neftchi” ustidan qozongan eng yirik g'alabasi – 3:0 bo'lib turibdi. “Neftchi”ning yirik g'alabasi esa – 4:1.

O'tgan yil Farg'onadagi o'yinda Otabek Isroilov hamda Dilyorbek Ermatov tomonidan urilgan gollar maydon egalariga g'alaba olib kelgan – 2:0. “Navbahor” mezbon bo'lgan bahsda hisobni Qahramon Mahamadjonov ochgan, bunga hozir “Navbahor” safida o'ynayotgan Mansur Saidov javob bergandi – 1:1.

“Navbahor” maydonida o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
10.08.2013  Navbahor – Neftchi  1:1
16.06.2012  Navbahor – Neftchi  1:0
20.06.2011  Navbahor – Neftchi  0:2
29.05.2010  Navbahor – Neftchi  1:1
03.07.2009  Navbahor – Neftchi  1:1

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Navbahor” uyida tashkil etilgan uchrashuvlarning 9tasida mezbonlar uch ochkoni qo'lga kiritishgan. 8 marta g'olib aniqlanmagan. Faqat 5 bor “Neftchi” raqib maydonidan muvaffaqiyat bilan ortiga qaytgan.

Muallif taxmini: "Navbahor" maydonida o'tgan oxirgi 5ta o'yinning uchtasida durang qayd etilgan. Bugun ham tomonlar murosaga kelishlari mumkin.


Narzulla Saydullaev.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia