Prevyu. "Bunyodkor" - "Olmaliq"

Narzulla Saydullayev
18 okt 2013, 10:00
“Bunyodkor” va “Olmaliq” oliy ligada 11 bora to'qnash kelishgan.
BUNYODKOR – OLMALIQ
18 oktyabr. Toshkent. “Paxtakor” stadioni. 16:00
Hakamlar:
V.Kovalenko, R.Ilyosov, M.Saidqosimov, V.Najafaliev
Nazoratchi: R.Mo'minov.
Komissar: V.Shtern.

Natijalar “qaldirg'ochlar”ning kattagina ustunligini ko'rsatmoqda. 

“Bunyodkor” ushbu raqibni 8 marta mag'llub etgan. 1ta o'yinda durang qayd etilgan. “Olmaliq” “Bunyodkor”ni ikki marta talsim qila olgan. “Bunyodkor” o'zaro o'yinlarda 22ta gol urgan, “Olmaliq” futbolchilari 11 marta poytaxtliklar darvozasini ishg'ol etishgan. “Qaldirg'ochlar” o'zaro o'yinlarda 25 ochkoga ega bo'lishgan, “Olmaliq” hisobida 7 ochko bor. “Bunyodkor”ning o'zaro o'yinlarda eng yirik g'alabasi 4:1ga teng bo'lsa, “Olmaliq”ning eng yirik g'alabasi 3:1.

Dastlabki davradagi bahsda “Olmaliq” o'z maydonida raqibni taslim qilgandi. Zafar Polvonov hisobni ochgandi, bunga Kamoliddin Murzoev penaltidan gol urib javob bergan. Ammo ikkinchi bo'limda Evgeniy Gogol tomonidan urilgan ikkita gol Igor Shkvirin shogirdlariga uch ochko taqdim etgan – 3:1.

Toshkentda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
11.05.2012 Bunyodkor - Olmaliq 2:0
19.05.2011 Bunyodkor - Olmaliq 4:1
14.08.2010 Bunyodkor - Olmaliq 1:0
25.04.2009 Bunyodkor - Olmaliq 3:1
18.10.2008 Bunyodkor - Olmaliq 1:0

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Olmaliq” “Bunyodkor” maydonida umuman ochko ololmagan. Bo'lib o'tgan beshta o'yinda “qaldirg'ochlar” besh marta g'alaba qozonishgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia