

London klubi 7 o'yinda ilk marta g'alabaga erishdi. O'tgan 6 o'yinda jamoa 3tadan durang va mag'lubiyat qayd etgandi.
"Futbolchilar va muxlislar uchun xursandman. Ancha vaqt gapirmay yurishga to'g'ri keldi. Bu juda qiyin davr edi.
Biz yaxshi o'yin ko'rsatdik deb o'ylayman, birinchi bo'limda ko'plab hujumlar uyushtirdik. Yigitlar birdamlikni namoyish qila olishdi va xarakter ko'rsatishdi. Bu jamoaning rivojlanishiga ham katta impuls beradi.
Odamlarga esa farqi yo'q. Futbolchilar g'alaba qozonishni istashadi, muxlislar esa ularga omad tilab turishi kerak. 1:0 hisobi APLda hech nimani belgilamaydi. Agarda natijalarga e'tibor beradigan bo'lsangiz, bizning qaysi o'rinda ekanligimiz sizni ajablantirmaydi", - dedi Potter.



