Pol Merson: "Hozirgi APL 10 yil oldingisidan kuchli"

Mirjalol Normatov
22 may 2022, 16:47
"Arsenal"ning sobiq futbolchisi Pol Merson APLning darajasini yuqori baholadi.

"Qarang, "Siti" so'nggi 5 yillikdagi to'rtinchi chempionligiga yaqin. Menimcha ular ham Aleks Fergyuson davridagi MYU kabi maqtovlarga loyiq. Biroq hozir APL MYU yetakchilik qilgan davrdagidan ko'ra kuchliroq, bu mening fikrim. O'shanda faqatgina "Manchester Yunayted" va "Arsenal" sovrinlarga da'vogarlik qila olardi.

Hozir esa barchasi boshqacha. "Chelsi" istalgan raqibni yutishi mumkin, ammo jamoa etarlicha darajada barqaror emas. "Tottenxem" ham sovrinlarga da'vogarlik qilishi mumkin, "Siti" esa "Vest Xem"ga yutqazib, sovrinni qo'ldan chiqarishi mumkin edi. Bu yerda raqobat juda katta.

"Siti"ning so'nggi 5 yillikdagi qilgan ishlari taxsinga loyiq. Gvardiola hozir qabul qilib olayotgan maqtovlaridan ko'prog'iga loyiq", - dedi Merson.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal