Pogba Rayolaga "Real"da o'ynashni xohlayotganini aytdi. U MYU bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas

Alisher
28 avg 2021, 14:08
Yarim himoyachi Pol Pogba "Manchester Yunayted"dan ketmoqchi.

Francuz agenti Mino Rayolaga "Real"da o'ynashni xohlayotganini aytdi. Futbolchi "Manchester Yunayted" bilan yangi shartnoma imzolamoqchi emas, amaldagi bitim esa 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Futbolchining atrofidagi insonlar Pogbaning "Yuventus"ga qaytishni istisno etishmoqda.

Francuz kutmoqchi va "Real"ga o'tish oson bo'lmasa ham, ispan klubiga o'tish uchun imkoniyat olmoqchi.

Pogba joriy mavsum APL doirasidagi 2ta o'yinda maydonga tushib, 5ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca