Pogba "Man Yunayted"dan yangi shartnoma kutyapti

13 avg 2020, 01:41
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba Yevropa Ligasi yakuniga etgach, jamoa rahbariyati bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar boshlanishiga umid qilmoqda.

Bu haqda Sky Sports nashri ma'lum qildi. Futbolchining "qizil iblislar" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning iyul oyiga qadar mo'ljallangan.

Avvalroq MYU Pogbaga yangi shartnoma taklif qilgan, ammo fransiyalik xabek boshqa klublardan qiziqish bo'lgani tufayli rad javobini bergan edi. Endi vaziyat o'zgardi. Ingliz OAVlarining takidlashicha, Pogba kelajagini "Yunayted" bilan bog'laydi va klub bilan hamkorlik bitimini yangilamoqchi.

"Manchester Yunayted" ustozi Ule Gunnar Sulsher ham Pogba jamoada qolishiga ishonadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports