Pogba jamoadoshlari va Vudvordga MYUdan ketmoqchi ekanligini aytdi

Aslanov Jasurbek
8 avg 2018, 12:02
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba mavsumlar oralig'ida klubni tark etmoqchi.

25 yoshli xavbek klubdan ketmoqchiligi haqida jamoadoshlari va MYU vice-prezidenti Ed Vudvordga ma'lum qildi.

Klubdagilar fransiyalik bilan xayrlashmoqchi emas, chunki uning o'rniga futbolchi topish uchun transfer oynasi muddati kamlik qiladi. APLda transfer payshanba kuni yopiladi.

Oldinroq, futbolchiga "Barselona" da'vogarlik qilayotgani, ammo MYU taklifni rad etgani e'lon qilingan edi.

"Barselona" Pogba uchun ingliz klubiga Yerri Mina, Andre Gomesh va 45 mln. funt taklif qildi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail