Pogba: "Gol urish Ronaldu uchun suv ichishdek gap"

Aslanov Jasurbek
7 noya 2018, 15:27
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba "Yuventus"ga qarshi Chempionlar ligasi guruh bosqichining 4-tur uchrashuvidan oldin, raqib hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

"Ronalduning transferi "Yuventus" uchun ajoyib qaror. Jamoada Ronaldudek futbolchi bo'lishi juda ajoyib. Messi, Ronaldu va Neymar kabi o'yinchilar bilan to'p tepish - rohat. Endi u "Yuventus"da.

Krishtianu bu klubda baxtli deb o'ylayman. Gol urish Ronaldu uchun suv ichishdek gap" - deydi Pogba.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com