Podolski: Suares bilan bir jamoada o'ynash sharaf

Tolibjon Qosimov
24 iyul 2013, 16:43
“Arsenal” klubi hujumchisi Lukas Podolski “Liverpul” hujumchisi Luis Suaresning kanonerlar safiga o'tish imkoniyati borligini eshitib juda xursand bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, kecha klub futbolchi uchun 40 mln funt taklif bilan chiqqan edi. Podolskiga keladigan bo'lsak, u Suaresning klubga o'tishidan juda xursand bo'lardi. Chunki u premer-liganing eng kuchli futbolaridan biri bilan bir jamoada o'ynashidan boshi osmon ekanligi aytgan. Shuning uchun bu qaror bo'yicha klub rahbariyati va marabbiylar shtabini qo'llab quvvatlashini aytib o'tgan.

“Suares – ajoyib o'yinchi. U juda ko'p gol uradi, bu esa uni yuqori mahorat egasi ekanligidan dalolat beradi. Lekin uning jamoa safiga o'tishini men hal qilmayman, buni murabbiylar ko'rib chiqadi”, - deydi Podolski.


“To'g'risini aytsam jamoaga yangi o'yinchilar kelganda juda xursand bo'laman. Har doim dunyoning eng kuchli futbolchilari bilan bir jamoda o'ynashni istaging keladi, lekin men ularning mashhur nomlaridan hech ham qo'rqmayman. Qachonki jamoaning barcha o'yinchilari sog'-salomat bo'lishsa va o'yinga ishtiyoqi baland bo'lsa shunda jamoada raqobat kuchayadi, raqobat esa o'z-o'zidan jamoani oldinga siljishiga katta yordam beradi”.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.ua