Pochettino: "Yaqin vaqtlarda Xarrining holatiga oydinlik kiritiladi""

Mirjalol Normatov
12 apr 2019, 21:55
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino YCHL doirasida "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda jarohatlangan Xarri Keynning holati haqida gapirdi.

"Xarrini kecha rentgen qilishdi. Bu haftada u mutaxassis bilan uchrashadi. Shak-shubxasiz, uning jahli chiqqan. Ammo Xarri quvnoq inson. U jamoaga tezroq qaytishga harakat qiladi.

Mavsum yakuniga qadar hali vaqt bor. Agarda YCHLda keyingi bosqichga chiqsak, balki u o'yinda qatnashar. Ammo bu borada men ham bir nima deya olmayman. Yaqin vaqtlarda Xarrining holatiga oydinlik kiritiladi", - dedi Pochettino.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: HaytersTV