Pochettino uchun yana bir davogar paydo bo'ldi

Mirjalol Normatov
10 apr 2019
"Bavariya" "Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga qaraganda, nemis klubi rahbariyati Niko Kovachdan norozi bo'lmoqda va shu boisdan uni mavsum yakunlanganidan keyin iste'foga chiqarmoqchi.

"Bavariya"dagilar Pochettino klubni yanada yuqori marralarga olib chiqa olishiga ishonishmoqda. Ammo muammo shundaki, argentinalikning "shporlar" bilan 2023 yilga qadar shartnomasi bor.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo