Pochettino Palmerning transferiga munosabatini bildirdi

Aziz Tukhtamuradov
2 sen 2023, 09:55
"Chelsi" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoaning yangi a'zosi Koul Palmerning transferiga o'z munosabatini bildirdi.

"U bilan shartnoma imzolash - sport direktorining g'oyasi, albatta klub xo'jayinining ham. O'ylaymanki, u loyihamizga to'g'ri keladi. U istedodli futbolchi.

U ko'proq o'yin amaliyotiga, muhimroq rolga ega bo'lish uchun bunga rozi bo'ldi, ammo bu asosiysi emas. U "Chelsi" o'ziga mos loyiha ekanligi uchun, yanada kuchli bo'la olishiga ko'zi etgani uchun ushbu qarorga keldi. 

Palmer aqlli futbbolchi, uning istiqboli bor. Hozir u yanada kuchayib, jamoadoshlaridan ko'ra ko'proq asosiy tarkibga loyiq ekanligini isbotlashi kerak. Ammo asosiy tarkib uchun kurashish qiyin", - dedi Pochettino.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Mirror