Pochettino: "Messi va Mbappe hamjihatlikda o'ynamoqda"

Оқил Абдубарноев
31 yanv 2022
PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino mavsumning ikkinchi yarmiga jamoani tayyorlash tafsilotlari bilan o'rtoqlashdi.

Xususan, murabbiy Lionel Messining yaqinda koronavirus bilan kasallanganligini hisobga olib, jamoaga qayta moslashayotgani haqida fikr bildirdi.

"Murabbiylar shtabi Leoning ushbu haftadagi o'yinidan mamnun. Menimcha, u avvalgi darajaga qaytishga qodir. Messining Mbappe bilan maydondagi munosabatlari a'lo darajada. Ular allaqachon o'zaro til topishgan, ikkalasi ham dunyoning eng kuchli o'yinchilari sirasiga kiradi", - deydi Pochettino.

Eslatib o'tamiz, 15 fevral kuni PSJ Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasida o'z maydonida "Real"ni qabul qiladi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: RMC Sport