Pochettino dunyoning eng kuchli murabbiyi kimligini aytdi

Mirjalol Normatov
16 apr 2021, 23:33
PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino "Manchester Siti"dagi hamkasbi Pep Gvardiola haqida fikr bildirdi.

"Pep jamoalariga qarshi o'ynash yoqadi. Chunki u men uchun dunyoning eng yaxshi murabbiyi. Shunday murabbiylarga qarshi o'yinlar bizning o'sishimizga yordam beradi. "Manchester Siti" - ajoyib jamoa. Menimcha u "Barselona" va "Bavariya"dagi kabi ishlamoqda", - dedi Pochettino.

PSJ va "Manchester Siti" jamoalariga qarshi o'yinlar 29 aprel va 5 may kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: El Larguero