Piter Xyuistra: "Natijadan xafamiz"

Mirjalol Normatov
26 apr 2021, 22:39
OCHLning 5-turi doirasida Eronning "Traktor" jamoasiga qarshi o'yindan keyin "Paxtakor" bosh murabbiyi Piter Xyuistra o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Natijadan xafamiz. Futbolchilar g'alaba uchun oxirigacha kurashishdi. Vaziyatlar yaratishga urindik. Imkon qadar gol urishga urindik, ammo bu samara bermadi. Raqib darvozaboni ajoyib seyv namoyish etdi. Endi so'nggi o'yinni yutishga harakat qilamiz. Mavsum hali davom etadi, xatolardan xulosa chiqaramiz.

O'tgan yili shakllangan jamoaga ega edik. Safimizni 4-5 nafar yetakchi futbolchilar tark etgani ta’sir ko'rsatdi. Lekin yoshlar bilan yana yaxshi darajaga ko'tarila olamiz. Iqtidorli yoshlarimiz tajriba to'plashmoqda. Ularning mahorati o'sib bormoqda. Biz bu qiyinchilikni engib o'tishimiz kerak, ushbu jamoani yuqoriroq saviyaga olib chiqishimiz zarur. Biz o'z falsafamizga mos, hujumkor futbol o'ynayapmiz. Lekin bazi jihatlar borasida bog'lamni yaxshilash lozim. Hozir ham bir necha bahsda g'alabaga yaqinroq edik.

Sanjar Quvvatov: - O'yin qiyin kechdi, chunki yigitlarda ketma-ket bahslardan keyin charchoq sezilmoqda. Yutuqqa erishish uchun harakat qildik, ammo raqib posboni juda ajoyib o'ynadi. Hamkasbimni olqishlayman. Ushbu musobaqada bizga omad ham yetishmadi. Bazi uchrashuvlarda g'alabaga haqli bo'lgandik. Raqiblardan ko'proq imkoniyatlar yuzaga keltirdik. Turnir men uchun ham, jamoa uchun ham ancha og'ir bo'ldi. Endi so'nggi bellashuvda zafar quchishni intilamiz. Mavsumning qolgan qismida ushbu xatolardan xulosa qilgan holda yaxshi o'ynashga urinamiz.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Пахтакор" матбуот хизмати