Pirlo Ronalduni zaxirada qoldirgani sababini aytdi

Mirjalol Normatov
7 mar 2021, 16:20
"Yuventus" bosh murabbiyi Andrea Pirlo A Seriyaning 25-turi doirasida "Lacio"ga qarshi o'yinda Krishtianu Ronalduning zaxirada qoldirilgani sababini aytdi.

"Ronaldu ketma-ket 8-9 o'yin o'tkazdi. Shu boisdan unga dam berilishi borasida kelishib olgandik. Yigitlar Krishtianusiz ham o'ynay olishini ko'rsatishdi. Ronaldu 20ta gol urib qo'ydi. Shu sababli boshqa futbolchilarga gol urish uchun imkoniyat berdim", - dedi Pirlo.

36 yoshli Ronaldu 69-daqiqada maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sport Italia