

Eslatib o'tamiz, avvalroq Jiji Buffon tarkibini ancha kuchaytirib olgan "Milan" chempionlik uchun kurashishi va "Yuventus"ga oson bo'lmasligini aytib o'tgandi.
Men "Milan“ g'oliblik uchun chinakamiga kurashishiga ishonmayman. Siz biror ishni noldan boshlaganingizda va o'nlab yangi, mayli ular kuchli bo'lsin, futbolchilar xarid qilganingizda birdan natijaga erishish qiyin bo'ladi. Buning uchun ma'lum vaqt ketadi. Futbolchilar murabbiy ulardan nima istayotganini, maydonda qanday harakat qilishni va bir-birlarini so'zsiz tushuna oladigan darajaga yetishlarini kutish zarur. Bu oson ish bo'lmasligi aniq.



