Pike: "Tvitter"da bahslashgan bo'lsakda, Arbeloaga omad tilayman"

Aslanov Jasurbek
9 may 2016, 13:01
"Barselona" himoyachisi Xerard Pike "Real"da o'zining so'nggi mavsumini o'tkazgan Alvaro Arbeloaga omad tiladi.

"Real" hayratlanarli o'yinlar seriyasini o'tkazdi va ular ikkinchi o'ringa chiqib olishdi - demak bunga munosiblar. Arbeloaga omad tilayman. U ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritdi. "Tvitter"da bahslashib turgan bo'lsakda, unga barcha yaxshi niyatlarni tilayman.

To'g'risini aytsam, Chempionlar ligasida kim g'olib bo'lishining farqi yo'q. Hozir jamoamiz uchun eng asosiysi milliy chempionati va Ispaniya Kubogi" - deydi Pike.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS