Pike: "Messi yangi shartnomaga imzo chekishini kutyapmiz"

Sherzod Nurmatov
31 iyul 2021
"Barselona" himoyachisi Jerar Pike Lionel Messining kelajagi borasida fikr bildirdi.

"Messi yangi shartnomaga imzo chekishini kutyapmiz. U biz bilan birga bo'lishini xohlaymiz. Umid qilamanki, bu loyiha uni qoniqtiradi", – dedi Pike.

Eslatib o'tamiz, Messining "Barsa" bilan kelishuvi iyun oxirida nihoyasiga etgan edi. Yangi kelishuvga erishish uchun boshqa futbolchilarning maoshini qisqartirishga to'g'ri keladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario Sport