

“Faoliyatimni “Barselona”da yakunlayman. Ammo qachonligini bilmayman. Faoliyatimni shu yerda yakunlashga aminman, chunki o'zimni boshqa jamoa libosida tasavvur ham qila olmayman. “Barselona” - mening hayotim va men bu yerdan ketishni rejalashtirmayapman”, - deydi Pike.
Ma'lumot uchun, Pike “Barselona” sharafini 2008 yildan beri himoya qilib keladi. Ungacha Xerard MYU va “Saragosa” klublari to'p tepgan.



