Pike: “Bu - sharmandalik, bundan ortig'ini ayta olmayman”

“Barselona” himoyachisi “Bavariya”dan qabul qilingan 2:8 hisobidagi mag'lubiyatga izoh berdi.

“Biz tubiga etdik. Agar mening kyetishim bilan jamoaga yangi qon quyiladigan bo'lsa, men ketaman. Yevropada ham, Ispaniya chempionatida ham kurasha olmayapmiz. Hammasi tugadi. Buni endi yashirishning hojati yo'q. Bu sharmandalik, bundan ortig'ini aytishni xohlamayman. Bunaqasi birinchi yoki ikkinchi marta ro'y berayotgani yo'q. Klub har qanday darajada tanaffuslarga muhtoj”, - deydi Pike.


Manba: Marca