Pike "Barselona" himoyada sust o'ynayotganini tan oldi

Aslanov Jasurbek
21 fev 2017, 14:16
"Barselona" himoyachisi Xerard Pike Kataloniya klubi himoyasida muammolar borligini tan oldi.

"Himoyada kuchli emas, sust o'ynayapmiz. PSJga qarshi bahsda 4 ta golli farqni yo'qqa chiqara olamizmi? Asosiy vazifamiz shundan iboratki, jamoa avvalgidek o'ynashi kerak. Chempionlar ligasidan oldin bir nechta o'yin bor. Turnirda g'alaba qozonishimiz ham mumkin" - deydi Pike.

"Barselona" hamda PSJ o'rtasidagi javob uchrashuvi 8 mart kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca