PFLdan munosabat: Stanoevichning kartochkalari tekshiriladi

20 noya 2021, 21:33
Biroz avval saytimiz jurnalisti F. Ro'zievning "Nasaf"dan 3 ochko olib tashlanishi mumkinligi to'g'risidagi maqolasi e'lon qilindi.

Bu borada O'zPFL bosh direktori o'rinbosari Laziz Qo'chqorovning fikrlarini oldik:

"Maqolani o'qidim. Rostan ham PFL saytiga kiritilgan ma'lumotlar bo'yicha Marko Stanoevich "Surxon" bilan o'yinda 4-sariq kartochkasini olgan.  Bunay holatda "Qo'qon-1912" bilan uchrashuv o'tkazib yuborilishi kerak edi. Ammo protokollarni saytga kiritish jarayonida xatolikka yo'l qo'yilgan bo'lishi mumkin. "Nasaf"ning barcha uchrashuvlaridagi protokollarni boshqatdan tekshirib, tez orada bu haqda rasmiy ma'lumot beramiz".

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia