PFL o'zaro janjal qilgan "Navbahor" va "Buxoro" bosh murabbiylarini bittadan o'yinga diskvalifikaciya qildi

Narzulla Saydullayev
24 may 2017, 17:23
Tartib intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.


Oliy liga

Buxoro bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev, 11-turda Navbahorga qarshi o'yinning tanaffusida agressiv harakat qilgani uchun, 1ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi va jarimaga tortildi.

Navbahor bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov, 11-turda Buxoroga qarshi o'yinning tanaffusida agressiv harakat qilgani uchun, 1ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi va jarimaga tortildi.

Navbahor yarim himoyachisi Oybek Qilichev, 11-turda Buxoroga qarshi o'yinda raqibning yuziga qo'li bilan urgani uchun uchun, 2ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi va jarimaga tortildi.

Neftchi yarim himoyachisi Muzafarbek Muzaffarov, 11-turda Qizilqumga qarshi o'yinda agressiv harakat qilgani uchun, 2ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi va jarimaga tortildi..

Yoshlar ligasi

Metallurg massajchisi Rodion Sarichev, 10-turda So'g'diyona bilan o'yinda bosh hakamni haqorat qilgani uchun jarimaga tortildi. Bu holat yana takrorlansa qattiqroq jazo tayinlanadi.

Birinchi liga


Orol himoyachisi Maqsud Kannazarov, 11-turda Surxonga qarshi o'yinda juda qo'pol harakat qilgani uchun, 2ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

Kubok

Navbahor himoyachisi Alisher Samatov, 1/8 final bosqichi doirasida Neftchiga qarshi o'yinda agressiv harakat qilgani uchun, 2ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz