PFL kubogining ishtirokchilari ma'lum bo'lmoqda

Narzulla Saydullayev
30 yanv 2015
5 fevraldan ananaviy PFL kubogi musobaqasi start oladi.
Unda ishtirok etadigan bir qator klublar ma'lum bo'lmoqda.

Jizzaxning "So'g'diyona", Namanganning "Navbahor", Andijonning "Andijon" va Muborakning "Mashal" klublari ushbu musobaqada ishtirok etishadi. Qolgan klublar ham yaqin orada ma'lum bo'ladi.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, PFL kubogida ishtirok etish uchun badal puli 1 million so'm miqdorida belgilangan.

Eslatib o'tamiz, musobaqaning amaldagi g'olibi "Mashal" hisoblanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia