

Italiyaliklar futbolchilarini 50 million evroga qo'yib yubormoqchi, britaniyaliklar esa unga maksimum 30 million evro berishlari mumkin. Shuni keltirib o'tish lozim, "Inter" moliyaviy feyr-pley shartlariga ko'ra, iyun oyi oxiriga qadar 30 million evro kamomatni bartaraf etishi kerak.
2016-2017 yilgi mavsumda Perishich "Inter" tarkibida 41ta o'yin o'tkazib, 10ta gol urdi va 10ta golli pas berdi. 28 yoshli futbolchining milanliklar bilan shartnomasi 2020 yilning yozigacha mo'ljallangan.




