Perishich: "Bavariya"dagi yilim ajoyib o'tdi"

Mirjalol Normatov
23 sen 2020
"Inter" xaveki 2019/20 yilgi mavsumda "Bavariya" tarkibida ijarada o'ynaganidan mamnun.

"Bavariya"dagi yil ajoyib o'tdi. 3ta sovrin qo'lga kiritdim, shunday ajoyib jamoa tarkibida o'ynash oson emas ekan. Yangi bosh murabbiy kelganidan keyin holat yaxshilandi. Lekin fevral oyida to'pig'imni sindirib olganimdan keyin biroz jismoniy holatim yomonlashdi. Lekin barcha o'yinlarni yuta oldik. Qoyilmaqom yil o'tdi.

Endi yana "Inter"ga qaytdim. Bu yerdagi shartnomam ikki yildan keyin yakunlanadi. Umid qilamanki, "Inter" bilan sovrinlar yuta olaman", - dedi Perishich.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal