Peres: "Dunyoning eng yaxshi murabbiyi "Real"ga qaytdi"

Aslanov Jasurbek
12 mar 2019, 11:15
"Real" prezidenti Florentino Peres Zinedin Zidanning jamoaga qaytishi haqida fikr bildirdi.

"Bugun sevimli murabbiyimiz Zidanni kutib olish uchun bu erga yig'ildik. "Real"ga bo'lgan muhabbating seni klubga qaytarmoqda. Qiyin paytda jamoani boshqarishdek mas'uliyatni bo'yningga olyapsan. Besh kun oldin uyga qaytishni taklif qilganimizda, sodiqligingni isbotlading.

Dunyoning eng yaxshi murabbiyi "Real"ga qaytdi" - deydi Peres.

Eslatib o'tamiz, 46 yoshli Zidan "Qirollik klubi" bilan 2022 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca