Pepe: "Ronalduga Messi haqida eslatishsa, u g'azablanmaydi"

Aslanov Jasurbek
13 sen 2016, 11:29
"Real" himoyachisi Pepening so'zlariga ko'ra, jamoa hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Barselona" forvardi Lionel Messi bilan solishtirishdan xafa bo'lmaydi.

"Men uchun eng yaxshi futbolchi Krishtianu, chunki uni yaxshi bilaman. Uning to'purarlik qobiliyati isbotlangan. U bilan har kuni ishlayman. Ronalduga Messi haqida eslatishsa, u g'azablanmaydi, chunki tajribali. Xavi biroz adashdi, chunki Krishtianuni faqat "Real" muxlislari eng yaxshi deb hisoblamaydi" - deydi Pepe.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Cadena Ser