Pepe: Klublar o'rtasidagi JCH xuddi YCHL kabi muhim

Narzulla Saydullayev
16 dek 2014
Real himoyachisi Pepe klublar o'rtasidagi Jahon chempionati haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Realning bir qator futbolchilari uchun bu JCH dastlabkisi bo'ladi. Bu juda muhim musobaqa.

Raqiblarga hurmat bilan munosabatda bo'lamiz va o'z falsafamizga monand o'yin o'tkazamiz.

Bu musobaqa xuddi Yevropa chempionlar ligasi kabi muhim. Axir g'olib dunyoning eng yaxshi klubi bo'ladi, – deydi Pepe.

Eslatib o'tamiz, ½ finalda Real Meksikaning Krus Asul klubiga qarshi o'ynaydi. Uchrashuv bugun tunda Toshkent vaqti bilan 00:30da boshlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru