Pepe "Arsenal"dan kyetish haqida o'ylamoqda

Sherzod Nurmatov
20 may 2022
"Arsenal"ning ivuarlik hujumchisi Nikolya Pepe jamoani tark etmoqchi.

Manbaga ko'ra, futbolchi hatto o'ziga yangi jamoa topish uchun agentini o'zgartirgan. Futbolchi "kanonirlar" safida kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotganidan norozi.

26 yoshli Pepe joriy mavsumda "Arsenal" uchun barcha musobaqalarda 22 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Mirror